29 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Dolzarb
26 Mart  2020 182

AQSh Suriyaini mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi

AQSh Suriyani qamoqda ushlab turgan mahbuslarni ozod qilishga chaqiradi.  Vashingtonning fikricha, ular asossiz ushlab turilibdi, deb bayonot berdi davlat departamenti rasmiy vakili Morgan Ortagus.

Davlat departamenti vakilining ta’kidlashicha, Suriya hukumati COVID-19  tahdidi tufayli minglab fuqarolar, jumladan AQSh fuqarolarini ham qamoqdan ozod etish uchun aniq choralar ko‘rishi kerak.  «Ular inson chidab bo‘lmaydigan sharoitlarda, asossiz ravishda ushlab turilibdi», deyiladi bayonotda.

Uning aytishicha, Suriya turmalari  «virus tarqalishi uchun juda qulay joy.  Agar vaziyat shunday davom etsa, Suriya hukumati «COVID-19  virusining tarqalishini jilovlay olmay qolishi mumkin».  

Ortagus Suriyada AQShning qancha fuqarosi saqlanayotganiga aniqlik kiritmagan.

Hozircha mamlakatda  rasman bir kishining koronavirus yuqtirish holati qayd etilgani aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech