05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Dolzarb
29 Mart  2020 468

AQShda mamlakat bo‘ylab safardan tiyilishga chaqirildi

AQSh kasalliklardan ogohlantirish va uni nazorat qilish markazi koronavirus tarqalishi munosabati bilan Nyu-York, Nyu-Djersi va Konnektikut shtatlari aholisini 14 kun davomida mamlakat ichkarisida safar qilmay turishga chaqirdi.

Bundan avval prezident Donald Tramp gubernatorlar bilan maslahatlashuv yakunida ushbu shtatlarda majburiy karantin o‘rniga harakatni cheklash haqida qaror qabul qilinishini aytgan edi.

Xabarda aytilishicha, faqat muhim sanoat sohalari, jumladan yuk tashish xizmatchilari, moliyaviy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari, oziq-ovqat ta'minotida ishlovchilar ushbu cheklovlardan mustasno.

«Nyu-York, Nyu-Djersi va Konnektikut gubernatorlariga o‘z shtatlariga ushbu qarorni joriy qilish uchun to‘liq huquq beriladi, deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda COVID-19 koronavirusiga chalinish holati 120 ming kishida qayd etilgan, ulardan ikki mingdan ziyodi vafot etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech