06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Bilasizmi?
5 Dekabr  2019 792

AQShlik yetti yashar syorferning taxtasini akula turtib yubordi

Florida shtati (AQSh) sohilarida yetti yoshli syorfer Chandler Murning taxtasini akula turtib yubordi va ushbu holat GoPro kamerasiga tushib qoldi, deya xabar tarqatdi RAA «Novosti».

Chandlerning otasi Shon o‘g‘lining to‘lqinni qanday tutishini muhrlash uchun GoPro harakat kamerasini syorfer taxtasiga o‘rnatgan edi. Kadrlarda to qirg‘oqoldi hududlarida yashaydigan qora akula paydo bo‘lgunga qadar bolakayning qanday ustalik bilan muvozanatini saqlayotganini ko‘rish mumkin. Florida qirg‘oqlari yaqinida insonlarga akulalar hujum qilishining 16 foizi aynan ana shu dengiz yirtqichlar tomonidan sodir etiladi.

Buni ko‘rgan Shon juda qo‘rqib ketgan, Chandler esa o‘zini taxtadan kim urib tushirganini ko‘rmay qolgan. Xayriyatki, hodisa yaxshilik bilan tugagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech