06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Harbiy
8 Avgust  2019 887

“ArMI – 2019”: “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishida ham vakillarimiz birinchilikda bormoqda

“Harbiy-tibbiy estafeta” ishtirokchilari 6-7-avgust kunlari tanlovning ikkinchi shartini – kichik va o‘rta tibbiyot personali hamda haydovchilar o‘rtasida “Individual mahorat” bosqichi doirasida to‘siqli yo‘lakdan o‘tish kompleks mashqlarini bajardi, deb xabar qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Dala kiyimidagi erkak va ayollar “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining eng murakkab shartlaridan birida qurolsiz qatnashib, kuch, matonat va shijoatini namoyish etdi.

To‘siqli yo‘lakning uzunligi 400 metrga teng bo‘lib, BTR-80 ostidan emaklab o‘tish lozim bo‘lgan masofa 15-20 metrni tashkil etadi. Bundan tashqari ishtirokchilarni oldinda boshqa qiyinchiliklar ham kutib turdi. Masalan, xandaq, labirint, qiya to‘sinli panjara, uchta egilgan joyi hamda vertikal zinapoyali buzilgan ko‘prik, og‘ma zinapoya, zovur va boshqa to‘siqlar.

Ishtirokchilar to‘siqlarni bosib o‘tish vaqtida Kalashnikov avtomatini yoyib-yig‘ishi hamda qurol-yarog‘ qutisini tashishi lozim edi (erkaklar uchun 20 kg, ayollarga esa — 10 kg).

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi eng yaxshi natijalarning barchasi O‘zbekiston harbiylariga nasib etdi.

Bugun, 8-avgust kuni tanlovning yanada murakkab bosqichi o‘tkaziladi, unda shifokorlar tarkibi to‘siqlar yo‘lagini bosib o‘tishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech