17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Harbiy
6 Avgust  2019 603

ArMI – 2019: O‘zbekiston razvedkachilari Hindistondagi musobaqani boshlab beradi

Hindistonning Tar cho‘lida joylashgan Djaysalmir poligonida Xalqaro armiya o‘yinlarining “Qo‘shinlar razvedkasi a'lochilari” musobaqasiga 1-bosqichiga qur'a tashlandi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Qur'a tashlash natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston razvedkachilari jamoasi mazkur bosqichni birinchi bo‘lib boshlab beradigan bo‘ldi.

Shuningdek, “Qo‘shinlar razvedkasi a'lochilari” tanlovining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Hindiston mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant D. Axudja va Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Yunus-Bek yevkurov ishtirok etdi.

Marosim davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston madaniyati ko‘rgazmasi ham namoyish etildi. Djaysalmirning “Xalqlar do‘stligi” uyida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma mezbon yurt xalqi va ishtirokchi davlatlar harbiy xizmatchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘nalishda bu yil Hindiston, Rossiya, Xitoy, Armaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Belarussiyadan kelgan razvedka jamoalari ishtirok etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech