27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Sport
20 May  2020 449

Armiya sporti takomillashtiriladi

Mudofaa vazirligida sport natijalarini rivojlantirish markazi shakllanadi.

2020-yil 19-mayda Hukumatning 292-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Mudofaa vazirligi Sport klubi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markaziga aylantirildi.

Markaz vazirlik markaziy apparatining mustaqil boshqarmasiga tenglashtirilgan muassasa hisoblanadi.

Ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, mamlakat va Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sport terma jamoalari uchun harbiy xizmatchi, xizmatchi va oʻquvchi sportchilar orasidan yuqori toifali sportchilarni tayyorlash Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qaror bilan Mudofaa vazirligida armiya sportini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom hamda vazirlikda armiya sportini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, armiya sportiga Olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy hamda texnik va amaliy sport turlari kiradi.

Nizom bilan shuningdek, bir qator vazirlik va idoralarning armiya sportini rivojlantirish sohasida asosiy vazifalari belgilab berildi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech