06 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -5 °C

Harbiy
17 Mart  2020 2028

Armiyaga chaqiriluvchilar takror tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladimi?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

– Joriy etilgan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish orqali ko‘plab qulayliklarga erishildi, – deydi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i, podpolkovnik Ulug‘bek Qodirov. – Xususan, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlari, shuningdek, o‘z qo‘shin turlari uchun saralash va butlashga mas’ul bo‘lgan MV, IIV, FVV, DXX ChQ va Milliy gvardiya vakillarining javobgarligi ortadi. Nomzodlar yakkama yakka suhbat o‘tkazish orqali tanlab olinishi tufayli Qurolli Kuchlarni muddatli harbiy xizmatchilar bilan sifatli butlashga erishiladi. Armiyaga chaqirilayotgan yoshlarni qayta-qayta, bir-birini takrorlovchi tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish zarurati yo‘qoladi.

Tadbirda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlarning sog‘lig‘iga bo‘lgan talablar, tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi kabi masalalar yuzasidan axborot berildi. Chaqiriluvchilarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mas’uliyati harbiy gospitallarning harbiy shifokorlari zimmasiga yuklatildi. Shuningdek, viloyatlar bo‘yicha rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiyalar, tumanlarda esa Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Barcha fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Mudofaa ishlari bo‘limlarida elektron tizimga asoslangan "Yagona darcha" xizmati joriy etilmoqda. E’tiborlisi, chaqiruvchilar, ularning ota-onalarining murojaatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyat kengashi tomonidan shu joyning o‘zida yakuniy tarzda hal etiladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech