20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Transport
1 Iyul  2020 560

Aviachiptalar qaytarilish tartibi

2020-yil 1iyuldan Uzbekistan Airways AJ aviachiptalar va xizmatlar uchun toʻlangan summalar qaytarilishining yangi qoidalari amal qiladi.

Yoʻlovchilar tomonidan aviachiptalar va qoʻshimcha xizmatlar uchun 2020-yil 31-dekabrgacha toʻlangan summani qaytarishni taʼminlash uchun 2020-yil 1-iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

Depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim boʻlgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi boʻyicha shu summadan 5%ga teng bonus taqdim etiladi.

Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yoʻlovchilar tomonidan Uzbekistan Airways AJning reyslaridagi har qanday boshqa tashuv toʻlovlari yoki qoʻshimcha xizmatlar toʻlovlari uchun foydalanilishi mumkin.

Vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil oʻtishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yoʻlovchiga dastlabki toʻlov shaklida qaytariladi.

Depozit vaucherlarini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karantin davrida transport tizimi barqarorligini taʼminlash masalalari boʻyicha 2020-yil 25-maydagi yigʻilishi qarori asosida kiritilmoqda, deb xabar beradi Uzbekistan Airways AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech