15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Bilasizmi?
19 Avgust  2019 496

Avstraliyalik olimlarning g‘aroyib topilmasi

Avstraliya milliy universiteti olimlari yer qa'rida yoshini Oyniki bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan qadimiy magma havzasini topdilar, deya keltiriladi Phys.org matbuot relizida.

Tadqiqotchilar 23 namunadagi kuchli vulqon otilishidan yer yuzasiga chiqib qolgan superchuqur olmoslardagi geliy izotopi tarkibini tahlil qildilar. Olmoslarning aksariyati yer qobig‘i ostida 150-230 kilometr chuqurlikda hosil bo‘ladi va keyin magma oqimlari bilan yuqoriga ko‘tariladi. Kamdan-kam hollarda 230-800 kilometrlik chuqurlikda hosil bo‘lgan olmoslar yuzaga chiqadi.

Olmos ichidagi izotoplarning tarkibi Oy va Yerning to‘qnashuvidan oldin mavjud bo‘lgan gazlarga xos bo‘lib chiqdi. Ma'lumki, shakllangandan so‘ng sayyoramiz boshqa ko‘plab samoviy jismlar zarbasiga duchor bo‘lgan va bu uning tuzilishi va tarkibini butunlay o‘zgartirgan. Biroq tadqiqotchilar tarkibi so‘nggi to‘rt milliard yil ichida o‘zgarmagan moddalar ombori mavjudligini taxmin qilishgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech