31 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Xalqaro hamkorlik
27 Fevral  2020 656

Avstriya ishbilarmonlari Samarqandda

Samarqandda Avstriya Respublikasi va mahalliy ishbilarmon vakillari  o‘rtasida biznes forum o‘tkazildi.

Yangi loyihalarni ishga tushirish orqali hamkorlik ko‘lamini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan Forum ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

Misol uchun, Samarqandda bugungi kunda Avstriya tadbirkorlari sarmoyasi ishtirokida mehmonxona, turizm, avtomobillarni ijaraga berish xizmatlari, qandolatchilik, gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda bir qator qo‘shma korxonalar tashkil etilib, samarali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Biznes forumda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlanib borayotgani ta'kidlanib, viloyatning iqtisodiy salohiyati, investitsion jozibadorligi taqdimotlarda namoyish etildi.

Avstriya federal iqtisod palatasi boshlig‘i Rixard Shens boshchiligidagi 30 dan ortiq kompaniya qurilish, sanoat, turizm, neft-kimyo, go‘sht va sutni qayta ishlash, temiryo‘l, isitish va sovutish tizimlari, avtomobillar uchun qo‘shimcha uskunalar, qog‘oz ishlab chiqarish, suv elektr stansiyalari uchun uskunalar, kanalizatsiya va chiqindilarni tozalash va qayta ishlash, tibbiyot, qadoqlash, logistika va boshqa yo‘nalishlarida hamkorlik qilish uchun o‘z xizmatlarini hamda hamkorlikni taklif etishdi.

Forum davomida Avstriya kompaniyalari vakillari va Samarqandning 40 ga yaqin ishbilarmonlari ishtirokida B2B va G2B formatida uchrashuvlar o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik rejalari kelishib olindi, deb xabar beradi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech