16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Xavfsizlik
25 Fevral  2019 1346

Avtomobil kapoti ustida odam bilan harakatlangan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi

Internet tarmog‘ida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi mashina kapoti ustida odam bo‘lgan holatda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining taxmin qilishlaricha, “mashina kapoti ustiga chiqqan qiz bu ishni yigit bilan – ya’ni “Spark” haydovchisi bilan janjallashgani sababi qilgan”. Toshkent shahar IIBB videodagilarni shaxsini aniqladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 23-fevral kuni ertalab Nukus ko‘chasida “Spark” avtomobili haydovchisi 20 yoshli Laura Sh. tanishi bo‘lgan Nikolaya P.ni o‘z mashinasi kapoti ustida “sayr qildirib”, Nikolay P.ni hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirgan (YHQ 11-band). Natijada haydovchi Laura Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga asosan (“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”), Nikolay P.ga nisbatan esa 138-modda (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech