
Ijtimoiy hayot
23
Sentyabr 2019
708
Avtomobil uchun to‘langan 56 million so‘m qaytarildi
Surxondaryo viloyatida yashovchi R.Sheraliev ijtimoiy tarmoqlarda “Umid avtolizing” MChJ ga “Lada Vesta” avtomashinasi uchun 56 mln 300 ming so‘m to‘lov qilganini, biroq oradan oylar o‘tib ketganiga qaramay mashinasi unga yetib kelmaganidan norozilik bildirib post qoldirgan.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, fuqaroning mulohazalari federatsiyasi raisi tomonidan nazoratga olingan. Natijada avtoulov uchun to‘lagan 56 million 300 ming so‘m puli to‘liq qaytarib berilgan.