06 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -5 °C

Tashvishli xabar
18 Mart  2020 2325

Avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlar qo‘lga olindi

Avvalroq xabar qilganimizdek, 8-mart kuni taxminan soat 5.30 da Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida 36 yoshli Kamilaga tegishli «Mercedes-Benz GLS300» (davlat raqami 01 Y 549 HB) va «BMW X5» (davlat raqami 01 F 701 XA) rusumli avtomobillarning qasddan yoqib yuborilishi fakti qayd etilgan edi.

Moddiy zarar summasi taxminan 225 000 AQSh dollari miqdorida baholangan. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi «v» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchi 30 yoshli samarqandlik Tursin ismli va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzodlar aniqlanib, qo‘lga olindilar, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech