15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Mamlakatimizda
6 Sentyabr  2019 412

Avtosalondan yana bir fuqaroga penya undiriladigan bo‘ldi

Xabardorlik yaxshi-da! Yaqindagina internet saytlarida “Samarqand avtosavdo” MChJdan sud qaroriga asosan kechiktirilgan kunlar uchun fuqaro foydasiga 12 mln. so‘m penya undirilganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Fuqarolarimizning huquqiy savodxonligi oshib, o‘z huquq va burchlari, majburiyatlarini yaxshiroq anglayotgani,  huquqlarini tegishli tashkilotlar ko‘magida  himoya qilayotgani quvonarli hol, albatta.

Buni qarangki, samarqandlik yana bir fuqaro Sh. Maxmayusupova  ham “Samarqand avtosavdo” MChJdan “Damas” rusumli avtomashina sotib olish uchun tegishli tartibda shartnoma tuzib, to‘lovlarni (62 mln so‘mdan ortiq) belgilangan muddatda to‘lagan bo‘lishiga qaramasdan,  avtosalon shartnoma shartlarini e'tiborsiz qoldirgan.

Shundan so‘ng, Sh.Maxmayusupova o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash uchun Samarqand shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilgan.

Jamiyat tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yo‘llangan da'vo arizasi  qanoatlantirilib, bu safar ham iste'molchi foydasiga qaror chiqarildi.

Sudning 2019 yil 9 avgust kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra, avtosalon fuqaro foydasiga  kechiktirilgan kunlar uchun  12,5 mln. so‘m penya to‘laydigan bo‘ldi.

Fikrimizcha, mazkur holatlardan so‘ng “Samarqand avtosavdo” MChJ fuqarolarga avtomashina yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlarini muddatida bajaradigan bo‘lsa ajabmas.

Gulchehra Berdiyorova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech