11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Transport
6 Iyun  2020 2522

Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi

2020-yil 2-iyunda Hukumatning 347-sonli “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2020-yil 1-avgustdan utilizatsiya yigʻimi stavkalari va utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining roʻyxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston hududida sotiladigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yigʻimi toʻlovchilari hisoblanadi.

Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yigʻimi toʻlanmaydi:

- diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek ularning Oʻzbekiston fuqaroligi boʻlmagan, diplomatik maqomga ega boʻlgan xodimlari va ularning oila aʼzolariga tegishli transport vositalari;

- ishlab chiqarilganidan 30 va undan ortiq yil oʻtgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilganidan 50 va undan ortiq yil oʻtgan, yoʻlovchi va yuklarni tijorat maqsadida tashishga moʻljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;

- Oʻzbekistonga olib kirilib “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech