19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Mamlakatimizda
25 Mart  2019 1516

Shimoliy Yevropada Osiyo bahori

Joriy yilning 24-mart kuni «University College London»da o‘ninchi bor Markaziy Osiyo bahori festivali o‘tkazildi.

 

Festivalda Eron, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari, Buyuk Britaniya jamoatchiligi va OAV, diplomatik korpus vakillari, universitet talabalari, shuningdek, Buyuk Britaniyada o‘qiyotgan yurtdoshlarimizdan iborat uch mingdan ziyod kishi qatnashdi, deya xabar tarqatdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston festivalda milliy madaniyatimiz, pazandalik san'ati va mamlakatimizning sayyohlik potensiali aks etgan stendni taqdim etdi.

Festival doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan Amir Temur haqidagi teatrlashtirilgan tomosha ham namoyish qilindi.

Shuningdek, vatandoshlarimiz bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili qo‘mitaning muzokaralar va hamkorlik uchun hamisha ochiqligini ma’lum qildi hamda Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etishda hamkorlikda harakat qilishga chaqirdi.

O‘z axborotimiz

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech