25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Mamlakatimizda
19 Mart  2019 751

BAA fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish rejimi soddalashtirildi

Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Farmon bilan 2019-yil 20-martdan Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirganidan 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.

O‘zbekistonga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yillik ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning chet eldagi muassasalarida 3 ish kunida rasmiylashtiriladi.

Bunda O‘zbekistondagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etish talabi bekor qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech