17 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Sport
27 Dekabr  2019 765

Bahodir Jalolov “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi”

“Navro‘z” tantanalar saroyi sport olamining yil sarhisobiga bag‘ishlangan “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Unda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi terma jamoasi”: Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi.

“Yilning eng yaxshi federatsiyasi”: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi.

“Sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi”: O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi.

“Joylarda (hududlarda) sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

“Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”: “Qizilqum-sement” AJ.

“Yil kashfiyoti”: O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi.

“Yilning eng yaxshi sport loyihasi”: “Humo-Arena” ko‘ptarmoqli muz saroyi.

“Eng faol sport targ‘ibotchisi”: Xilola Isakova, “MY5” telekanali muxbiri.

“Yilning eng yaxshi sport jurnalisti”: Zohid Karimov, “Sport” TV.

“Yilning eng yaxshi ijtimoiy roligi uchun”: Shuhrat Abdumanov.

“Yilning eng yaxshi sport shifokori”: Sunnatilla Yulchiev – Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi professori, travmatolog.

“Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun”: Eldor Shomurodov.

“Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi”: Timur Giyazov.

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”: Ravshan Ro‘ziqulov – yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi”: Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi.

“Yilning eng yaxshi hakami”: Tohir Gulyamov – sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam.

“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”: Dilnoza Rahmatova.

“Yilning eng yaxshi erkak sportchisi”: Bahodir Jalolov.

“Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun”: Oksana Chusovitina.

Barcha sovrinlar o‘z egalariga topshirilgach “Yalla” guruhi, Ulug‘bek Rahmatullaev, Rayhon, Ozodbek Nazarbekov kabi xalqimiz suygan qo‘shiqchilar o‘z ijodlaridan eng sara qo‘shiqlarni bayram kechasining ishtirokchilariga taqdim qilishdi. Shu tariqa barcha sport fidoyilarini birlashtirgan kecha bayramona kayfiyatda yakunlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech