27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Xavfsizlik
17 May  2020 374

Baliqchida toʻqnashdi

Baliqchidagi toʻqnashuvda haydovchilarning biri vafot etib, ikkinchisi tan jarohati oldi.

16-may soat 18:20 larda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida dahshatli YTH sodir boʻldi.

Baliqchi tumani «Qiyali» MFY hududidan oʻtgan 4R-112 Fargʻona halqa yoʻlining 114-kilometrida 59 yoshli haydovchi «Lasetti» rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldindagi avtomobilni quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, qarshisidan oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan «VAZ-2102» rusumli transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Toʻqnashuv natijasida, «VAZ-2102» rusumli transport vositasining 26 yashar haydovchisi shifoxonada vafot etgan. «Lasetti» rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech