07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,8 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2020 364

Bangkokdan kelganlar uylariga kuzatildi

Bangkokdan kelgan yurtdoshlarimiz bugun Farg‘onadan uylariga kuzatildi. 

Farg‘onaga Tailandning Bangkok shahridan charter reys orqali olib kelinib, Rishton tumanidagi «Yoshlik» sog‘lomlashtirish markaziga karantinga joylashtirilgan 256 nafar mamlakatimiz fuqarolari bugun o‘z uylariga kuzatildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan bu shaxslarda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. 

Viloyat hokimligi tomonidan maxsus avtobuslar tashkil qilinib, fuqarolar Oltiariq temir yo‘l bekatidan yashash manzillariga poezdda kuzatildi.

Ayni paytda Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» faxriylar sihatgohida Turkiyadan «Istanbul-Farg‘ona» charter reys orqali olib kelingan fuqarolar karantinda bo‘lib turibdi. Ular orasida 52 nafar shaxsda koronavirus aniqlangan bo‘lib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech