05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Moliya
17 Mart  2020 442

Bank xizmatlari iste'molchilari diqqatiga

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish, fuqarolarni ushbu virusdan himoyalash maqsadida Markaziy bank aholiga quyidagilarni tavsiya etadi.

Aholi va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan bank bo‘linmalariga bevosita tashrif buyurgan holda joriy to‘lovlarni amalga oshirish holatlarini kamaytirish maqsadida to‘lovlarni amalga oshirishda imkon qadar bankning masofiy xizmat ko‘rsatish usullaridan, jumladan, internet-banking, banklarning mobil ilovalaridan hamda to‘lov tashkilotlari dasturlaridan keng foydalanish so‘raladi.

Naqd pullar virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishini inobatga olgan holda, bank kartalaridan yoki muqobil elektron to‘lov turlaridan foydalanish tavsiya etiladi.Aholiga valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan tegishli bank infratuzilmalari yaratilgan. Xususan, respublika hududida qariyb 700 ta (tez orada ularning sonini 1 000 tadan oshirish rejalashtirilgan) avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari, shuningdek, masofadan turib valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi mobil ilovalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Fuqarolar mobil ilovalar orqali masofadan turib yoki avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari yordamida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini kunu tun rejimida amalga oshirishlari mumkin.

Joriy yilning 18-martidan boshlab tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari odatiy ish vaqti rejimida (soat 18:00 gacha) faoliyat yuritishi ta'minlanadi. Ish vaqtidan tashqari, shu jumladan, dam olish va bayram kunlari avtomatlashtirilgan bankomatlar va mobil ilovalardan foydalangan holda, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish mumkinligi ma’lum qilinadi.

Bank xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha savollar yuzasidan bevosita tijorat banklarining yoki Markaziy bankning 71 200-00-44 raqamli «Ishonch telefoni»ga murojaat etish mumkin, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech