27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Moliya
13 Aprel  2020 886

Bank kartasi qulay va xavfsiz

Aholiga pensiya va ish haqi to‘lovlarini bank kartalari orqali amalga oshirish zaruratini Markaziy bank quyidagich izohlaydi:

Aholiga ish haqi va pensiya to‘lovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, hozirda mahalliy hokimliklar, banklar, Moliya vazirligi qoshidagi g‘aznachilik hududiy bo‘linmalari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, uning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda bu borada barcha tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan. Unga ko‘ra:

Pensiya to‘lovlarini amalga oshirish,

- dastlabki bosqichda, ya’ni joriy yilning may oyidan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida istiqomat qiluvchi aholining pensiya to‘lovlari bank kartalari orqali amalga oshiriladi;

- keyingi oylardan boshlab, ushbu chora-tadbirlar bosqichma-bosqich qolgan hududlarda davom ettiriladi.

Bunda pensionerlar tomonidan bank kartalarini ochish va unga ega bo‘lish uchun Xalq banki bo‘limlariga borib yurishlari talab etilmaydi.

Buning uchun:

- Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar karta ochish uchun Xalq banki bo‘linmalariga elektron shaklda yuboriladi va bank tomonidan ularga karta ochiladi;

- so‘ngra oylik pensiya to‘lovlari Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladigan qaydnomalar asosida fuqaroning kartasiga o‘tkaziladi.

- Xalq bankining mas’ul xodimlari tomonidan ushbu kartalar ularning egalariga barcha sanitar qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda yashash manzillari bo‘yicha yetkazib beriladi;

- Xalq banki xodimlari tomonidan pensionerlarga o‘zlarining bank kartalari yetkazib berilgan vaqtda uni rasmiylashtirish uchun fuqarodan faqatgina ariza va uni bank kartasini qabul qilib olganligi to‘g‘risida imzo so‘raladi.

Shu o‘rinda, to‘lovlarni amalga oshirish uchun respublikaning barcha hududlarida tegishli infratuzilma mavjudligini qayd etamiz.

Xalq banki bankomatlaridan mablag‘larni naqdlashtirish bepul amalga oshirish mumkin bo‘lsa-da, salomatlik nuqtai nazaridan va ayniqsa, bugungi kunda to‘lovlarni bank kartalari orqali amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.

Ayni paytdagi vaziyatni, shuningdek, naqd puldan ko‘ra bank kartalaridan foydalanish xavfsizroq ekanligini va unga dezinfeksion ishlov berish mumkinligini inobatga olgan holda, fuqarolarimizdan ariza va imzo olish jarayonida bank xodimlariga nisbatan turli e’tiroz va shikoyatlar bildirmasliklarini ILTIMOS QILAMIZ!

Oylik ish haqlarini to‘lash bo‘yicha:

- barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan, byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari ham bosqichma-bosqich to‘liq bank kartalari orqali amalga oshiriladi;

- korxona va tashkilotlar rahbarlari bank kartaci ochilmagan, ya'ni oylik ish haqini naqd pul shaklida olib kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan birgalikda tez fursatlarda bank kartalari ochib berish choralarini ko‘rishlari (korxona nomidan tegishli ariza va xodimlarning pasport nusxalarini elektron shaklda banklarga taqdim etishlari) lozim bo‘ladi;

- ochilgan bank kartalari xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tegishli korxona va tashkilotlarga barcha sanitar qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda yetkazib beriladi;

- korxona va tashkilotlar ishchi xodimlari o‘z kartalarini banklarga tashrif buyurmagan holda, bevosita o‘zlari ishlaydigan korxona va tashkilotlardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Respublikamizning barcha fuqorolariga yana bir bor shuni ta’kidlab o‘tamizki, bank kartalarini rasmiylashtirish uchun banklarga tashrif buyurishingiz umuman talab etilmaydi.

Bank kartalari sizlarning ishtirokingizsiz ochiladi va xizmat ko‘rsatuvchi bankning mas’ul xodimlari tomonidan sanitar qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda, nafaqadagi fuqarolarga yashash manzillari bo‘yicha korxona va tashkilotlar ishchi xodimlariniki esa, korxona va tashkilotlarning yuridik manzili bo‘yicha yetkazib beriladi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech