29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Moliya
8 Aprel  2020 625

Bank mijozlari qo‘llab-quvvatlanadi

Markaziy bank tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha bir qator yengilliklar taqdim qilgan. 

Lekin shunga qaramay, joylardagi filiallarda bu boradagi qaror ijrosi qoniqarli daraja emasligidan kelib chiqib, Markaziy bank xabarini e'lon qiladi. Unda Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga muvofiq, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatini 2020-yilning 1-oktyabriga qadar kechiktirilishi eslatiladi.

Shuningdek, joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdorlarning muddati o‘tgan kreditlariga jarima sanksiyalarini qo‘llash va undiruvni garov ta’minotiga qaratmaslik bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish va mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilganligini, hamda nazorat talablari yengillashtirilganligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar tijorat banklariga yetkazilganligini ma’lum qiladi.

Biroq shunga qaramay, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida tijorat banklarida moliyaviy qiynchiliklarga duch kelgan qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarorlar joylardagi filiallarga yetkazilmaganligi hamda ushbu qarorlar yuzasidan aholi o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmayotganligi, ayrim banklarda bunday qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilmayotganligi, , mijozlar bilan aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) uzluksiz ishlashi ta’minlanmaganligi tanqid ostiga olingan.

Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, «Koronavirus info»da doimiy brifinglar o‘tkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan bog‘lanish bo‘yicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilgan holda, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqiradi.

Shu o‘rinda, kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga ham kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etishni va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozimligini eslatib murojaat qiladi.

Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech