28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Moliya
25 Noyabr  2019 1427

Bank qarz oluvchining sug‘urta kompaniyasini tanlash huquqini cheklamaydi

Bank xizmatlari iste'molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (22.11.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” knali xabar qiladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda, bank qarz oluvchining va (yoki) garovga qo‘yuvchining sug‘urta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamaydi.

Shuningdek, bank qarz oluvchi tomonidan kredit (qarz) bo‘yicha qarzdorlik summasini to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz bo‘yicha:

- garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;

- garov sifatida bo‘lgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov reestridan chiqarish choralarini ko‘rishi shartligi belgilandi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma'lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech