21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Mamlakatimizda
15 Avgust  2019 381

Bank qoshida ayollar klubi tashkil etildi

“O‘zsanoatqurilishbank” Bosh ofisida “SQB Ayollar klubi”ning tashkil etilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova, bankning bir guruh faol xodimalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Elmira Basitxanova mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida keng islohotlar olib borilayotganini, bugun ayollarimiz barcha sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shayotganini ta'kidladi.

Ta'kidlash kerakki, O‘zsanoatqurilishbankda mehnat qilayotganlarning ham salmoqli qismini xotin-qizlar tashkil etadi. Xususan, bugungi kunda bankda jami 1750 ga yaqin ayollar xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “SQB Ayollar klubi”ning maqsadi bank tizimida xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o‘zlarini namoyon qilish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axborot va mafkuraviy islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech