27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Mamlakatimizda
22 May  2020 874

Aniqlik kiritildi

Beeline “Yutib ol va gʻolib boʻl” aksiyasi bilan bogʻliq vaziyatga oʻz munosabatini bildirdi.

“Beeline Uzbekistan” shuni maʼlum qiladiki, Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi VIaMobi kontent-provayderiga qarshi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarni buzganligi sababli ish koʻrib chiqilmoqda. Beeline Uzbekistan bu jarayonning ishtirokchisi emas.

“Yutib ol va gʻolib boʻl” aksiyasi “ViaMobi” kontent-provayderi tomonidan oʻtkazilmoqda.

Joriy yil 21-mayda bir qator Internet-nashrlarda kompaniya oʻz abonentlaridan 1 milliard soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olganligi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq.

Provayder tomonidan olingan maʼlumotlarga koʻra, ish ViaMobi-ga yuborilgan abonentlarni adashtirishi mumkin boʻlgan ikkita notoʻgʻri xabar matni bilan bogʻliq boʻlib, ommaviy axborot vositalarida koʻrsatilgan 749 000 emas (bu aksiya boshlangan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarning umumiy sonidir), balki 3 300 abonentga yetkazilgan.

“ViaMobi” kontent-provayderi tomonidan abonentlarga pul mablagʻlarining qaytarib berilishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot beriladi.

Yana shuni maʼlum qilamizki, joriy yil 21-mayda bosma ommaviy axborot vositalaridan birida eʼlon qilingan material haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. “Beeline”ning bosh direktori Sergey Afonin ushbu nashrga hech qanday intervyu bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech