19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Tashvishli xabar
27 Sentyabr  2019 712

Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi(mi?)

Bugun ertalab soat 8:55 dan 13:40 gacha Toshkent viloyati Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish belgilari bilan 15 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar olib kelingan, deb xabar qiladi sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ular zudlik bilan mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, “o‘tkir diareya” tashxisiga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va quyidagilarni aniqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, murojaat qiluvchilar Bekobod shahar 15-maktabgacha ta'lim muassasasining tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. 

Ayni paytda shifoxonaning malakali mutaxassislari tomonidan bemorlardan umumiy labarator tahlil namunalari olinib, tuman DSENMga yuborilgan.

Barcha bemorlar shifokorlar tomonidan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berilgan. Bemorlarni davolash ishlari qat'iy nazoratga olinib, yetarli darajada dori-darmonlar bilan ta'minlangan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bolalarning umumiy ahvoli yaxshilandi, shifokorlar davolash ishlarini olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech