26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Xavfsizlik
22 May  2019 470

Bekobodda chiqindixonadan ayolning jasadi topildi

20-may kuni soat 14:00 larda Bekobod shahar, “O‘zbekiston” mahallasi, Istiqbol ko‘chasi, 22-uyning ro‘parasida joylashgan chiqindixonada Bekobod shahar, Me'mor (Abbasova) ko‘chasida yashovchi fuqaro R.M.ning (1975 y.t., ayol kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a'zolari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech