20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Xavfsizlik
6 Avgust  2019 393

Bekobodda maktab o‘quvchisi ikki tengdoshini pichoqladi

5-avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan tugadi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, Bekobod shahrida yashovchi, 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli I.A. Bekobod tumani Navoiy MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida “Shova” mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.T. va D.A.lar kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech