17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Sport
31 Avgust  2019 496

Bektemir Meliqo‘ziev ikkinchi jangida ham birinchi raundda g‘alaba qozondi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziev  yana bir chiroyli g‘alabasini tantana qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi.

 

Kaliforniyaning Pasadena shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida u meksikalik Rikardo Luna Floresga qarshi ringga ko‘tarildi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan mazkur jang birinchi raunddayoq o‘z yakuniga yetdi. Meliqo‘ziev dastlabki raundda Floresni ikki marta jigar qismiga bergan kuchli zarbalari tufayli yerga qulatdi. Natijada hakam raundning 2:13 soniyasi ortda qolganida sof nokaut qayd etdi.

Bu natija orqali Bektemir Meliqo‘ziev professional boksdagi ikkinchi jangida ham birinchi raunddayoq g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev 13-iyun kuni Hollivudda bo‘lib o‘tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech