25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,1 °C

Sport
21 Noyabr  2019 1345

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi dekabrda va u chempionlik kamari uchun

Professional boksning super o‘rta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev dekabr oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Unga ko‘ra, Meliqo‘ziyev to‘rtinchi jangi 13-dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda bokschi WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Jang Kaliforniyada, Indio shahrida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas.

Oldinroq, unga fransiyalik sobiq jahon chempioni raqiblik qilishi xabar qilingandi. Ammo bu jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Endi u boshqa raqibga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta Meliqo‘ziyev 2-noyabr kuni ringga chiqib, amerikalik Kley Kollardni to‘rtinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech