25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Sport
1 Iyun  2019 436

Bektemir Meliqo‘ziyevning professional boksdagi ilk jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlashi kutilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning debyut jangi muddati va manzili ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda GoSport.uz internet-nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bektemir joriy yilning 13 iyun kuni professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi. Jang AQShda, Kaliforniyadagi Kosta Mesa shahrida joylashgan “The Hangar” ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi. Hozircha jangning aniq vaqti noma'lum bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir aprel oyidan buyon Amerikada “Mir boksa” promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Ammo uning debyut jangi “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech