20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,8 °C

Urbanizatsiya
25 Fevral  2019 1776

Bektemir tumanida 25,1 km yangi ichimlik suvi tarmoqlari quriladi

Poytaxtimiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ichimlik suvi yetib bormagan hududlarni to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan bir qator amaliy ishlar boshlab yuborildi.

 

Xususan, Bektemir tumani aholisini to‘liq markazlashgan suv ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda 25,1 km yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish ishlari rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbkot xizmati.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 17,6 mlrd. so‘m mablag‘ manbalari aniqlanib, loyiha smeta xujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent shahrining Bektemir tumanida 12 198 iste’molchi yoki 50 891 nafar aholining 35 891 nafari markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bu esa ichimlik suvi ta’minoti darajasining 71 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek, eskirgan 1,75 km ichimlik suv tarmoqlari ham almashtiriladi. Rejalashtirilgan ishlar joriy yilning 15-mart sanasidan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Buning evaziga Bektemir tumani aholisi to‘liq markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech