22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,2 °C

Sport
23 Oktyabr  2019 502

Bektemir Meliqo‘ziyev yilning eng markaziy boks oqshomida ringga ko‘tariladi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev yilning eng markaziy boks oqshomida ringga ko‘tariladi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Bu haqda bokschining menejeri Alik Frolov ma'lum qilgan. Frolovga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqishi rasman tasdiqlangan.

U mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga chiqishi lozim. Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul “Kanelo” Alvares rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining “Garden Arena”sida bo‘lib o‘tadi.

Oldinroq Meliqo‘ziev fransiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan NʼDam NʼJikamga qarshi ringga ko‘tarilishi haqida xabar tarqalgandi. Ayni vaqtga qadar muzokaralar davom etmoqda. Bu borada “Mir boksa“ vakillari 1-2 kun ichida raqib aniq bo‘lishi va rasman tasdiqlanishini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech