19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Sport
8 Oktyabr  2019 974

Grozniydagi turnirda o‘zbekistonlik aralash usul jangchisi insultdan vafot etdi

Bekzod Nurmatov oktagondan o‘z oyoqlari bilan chiqib ketdi, biroq keyin komaga tushib, uch kundan so‘ng vafot etdi.

Grozniydan aralash usul jangchisi Bekzod Nurmatovning vafot etgani haqidagi xunuk xabar keldi. Bu ushbu shaharda o‘tkazilgan ACA 100 turniridagi jangidan so‘ng uch kun o‘tib yuz bergan.

Uning raqibi rossiyalik Beslan Isayev bo‘lgan va u hamyurtimizni hakamlar qarori bilan mag‘lub etgan. Jangdan so‘ng 27 yoshli Nurmatov koma holatiga tushgan va hushiga kelmay vafot etgan.

Nurmatov bilan aynan nima yuz bergani hozircha to‘laligicha aniq emas. Uning jamoasi vakili TASS vakiliga jangchining dushanbaga o‘tar kechasi vafot etgani va undan oldin insultga chalinganini aytgan. Hozircha bor-yo‘g‘i ma'lumot shu.

Nurmatov professional faoliyatini 2016-yilning dekabrida boshlagan. Sportchi jahon chempioni va qo‘l jangi bo‘yicha Jahon kubogi sohibi edi. Professional faoliyatida 13 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan va ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech