08 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,8 °C

Mamlakatimizda
21 Mart  2020 665

Belarus elchisi Olmaliqqa nega bordi?

Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Mavlonovlar xonadoniga tashrif buyurdi.

Bu yil 75 yilligi nishonlanayotgan Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning millionlab o‘g‘lonlari janggohlarda fidoyilarcha xizmat qilib, yigitlik burchini ado etgan. 

Ana shunday faxriylarimizdan biri Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida istiqomat qilib, nevara-yu, chevaralari ardog‘ida umrguzaronlik qilib kelayotgan 101 yoshli Abdurahim ota Mavlonovdir.

Navro‘z bayrami kunlari arafasida Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich Abdurahim otaning xonadoniga tashrif buyurdi. 

Elchi janoblari otaxon bilan Ikkinchi jahon urushining olovli janggohlaridan biri – Belarus hududini bosqinchilardan himoya qilish, ayniqsa, 1944-yil 3-iyulda Minsk shahrini ozod qilishdagi jasorati va fidoyiligini Belarus xalqi hyech qachon unutmasligini ta’kidladi.

Otaxon bilan qizg‘in kechgan suhbat davomida Leonid Marinich Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Abdurahim ota Mavlonovga maxsus medalni tantanali ravishda topshirdi. Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimov tomonidan ham otaxonga esdalik sovg‘alari tuhfa qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Abdurahim otaning 100 yoshni qarshilashi munosabati bilan nishonlangan yubileyida elchi Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko nomidan Abdurahim otaga «Belarus» traktori, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan esa «Damas» avtomashinasi tuhfa qilingan edi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech