06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

Kеyingi avlod
21 Noyabr  2019 669

Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tashkil etildi

“Toshkent shahrida Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tashkil etildi.

Xalqaro ta'lim standartlariga muvofiq, respublika sanoat tarmoqlarining eng muhim ilmiy-ishlab chiqarish masalalarini hal eta oladigan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Institut O‘zbekiston rezidenti bo‘lib, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Institutdagi ta'lim tegishli tartibda tasdiqlangan ta'lim dasturlari bo‘yicha rus tilida amalga oshiriladi, institutning ta'lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq institut bitiruvchilariga ta'lim yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Belarus milliy texnika universitetining oliy ta'lim to‘g‘risida belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Institutning davlat grantlari asosida ta'lim olgan bitiruvchilari O‘zbekiston ta'lim muassasalari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech