30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
27 Aprel  2020 1951

Benzin narxi 500 so‘mga arzonlashdi

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

«O‘zbekneftgaz» AJning «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. 2020-yil 1-martdan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirildi.

2020-yil 26-martdan boshlab Ai-92 markali benzinning narxi 6 200 so‘mdan 6 000 so‘mga pasaytirilgan edi.

29-apreldan boshlab bu mahsulotning narxi 5 500 so‘m qilib belgilandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan iste'molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

Shuningdek xbarda AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olish mumkinligi ma’lum qilinadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech