20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Sport
19 Sentyabr  2019 801

Besh nafar bokschimiz jahon chempionati yarim finalida

Xabaringiz bor, Rossiyaning yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chorak final bahslaridan so‘ng besh nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l oldi.

Kunning so‘nggi jangi eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ishtirokida kechdi. Hamyurtimiz bu jangda raqibiga hyech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bahodir birinchi raundning o‘zida AQSh vakili Richard Torresni nakautga uchratdi. Jalolovning chap qo‘lda yo‘llagan ajoyib zarbasidan keyin amerikalik bokschi uzoq vaqt o‘rnidan tura olmadi va vakilimiz ajoyib g‘alaba bilan yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa ringga ko‘tarilgan 5 nafar bokschimizning barchasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Reglamentga ko‘ra, final uchun kechadigan janglar 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Quyidagi bokschilarimiz yarim finalda ringga ko‘tariladi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech