27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Salomatlik
10 May  2019 1773

Besh nafar bolaga Fransiyada shoshilinch jarrohlik va intensiv kardiologik yordam ko‘rsatildi

Og‘ir tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan besh nafar o‘zbekistonlik bolajonlar shoshilinch jarrohlik va intensiv kardiologik yordam olish uchun Fransiyaga jo‘natildi. Ushbu xayriya aksiyasi Lola Karimova-Tillyayevaning “Sen Yolg‘iz Emassan” Fondi tomonidan amalga oshirildi.

Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 oydan 9 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar bolaga Fransiyaning Nant shahridagi klinikada professor Olive Baron boshchiligidagi yetakchi fransuz kardiojarrohlari tomonidan yurak operatsiyalari bajarildi.

O‘rtacha yetti soat davom etib, muvaffaqiyatli o‘tgan operatsiyalardan so‘ng, bolalar uch hafta davomida fransiyalik shifokorlar nazoratida bo‘lishdi.

Ushbu guruhdan bo‘lgan beshinchi bolajon Nant pediatrik klinikasining intensiv kardiologiya bo‘limida to‘liq tekshiruv va davolanish jarayonidan o‘tdi.

Hozirda bolajonlarning sog‘lig‘i ancha yaxshi bo‘lib, reablitatsiya kursi tugagach, kuni-kecha ular onalari bilan birgalikda vatanlariga qaytib keldi.

“Sen Yolg‘iz Emassan” Fondining moliyaviy ko‘magi bilan shu kunga qadar fransiyalik kardiojarrohlar tomonidan o‘zbekistonlik kam ta'minlangan oila farzandlari va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 110dan ortiq murakkab yurak operatsiyalari bajarildi, ulardan 20 tasi Fransiyaning Nant shahridagi klinikada amalga oshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech