09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Salomatlik
8 May  2020 827

Besh viloyatdan 65 nafar bemor sog‘aydi

Bugun Sirdaryodan 8 nafar, Namangandan 22 nafar, Andijondan 2 nafar, Buxoro va Xorazmdan 33 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sog‘ayganlar 1 721 nafarga yetdi.

Sirdaryoda sog‘ayganlarning barchasi Qozog‘iston Respublikasidan kelishgan va karantinga olingan. Ularning 5 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari esa Sirdaryo viloyatidan. Bemorlarning eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda.

Sirdaryoda shu paytga qadar 13 nafar bemor sog‘aygan.

Namanganda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 10 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 73 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda.

Namanganda shu paytga qadar 159 nafar bemor sog‘aygan.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning ikkalasi ham (32 yoshli ayol va 28 yoshli erkak) Andijon shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Andijonda shu paytga qadar 135 nafar bemor sog‘aygan.

Buxoroda shifo topganlarning 32 kishining  21 nafari Rossiyadan charter reys bilan, yana 1 nafari esa Qirg‘iziston Respublikasidan kelishgan. Qolgan 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Tuzalganlarning 10 nafari Buxorodan, 6 nafari Qashqadaryodan, 4 nafardan Namangan va Toshkent viloyatlaridan, 2 nafari Farg‘onadan, 1 nafardan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Qirg‘iziston Respublikasidan. Ularning 22 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Buxoroda shu paytga qadar 404 nafar bemor sog‘aygan.

Xorazmda tuzalgan 1 nafar erkak bemor 49 yoshda bo‘lib, Farg‘ona viloyatidan. U Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan.

Farg‘onada sog‘ayganlar soni 168 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1 721 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech