19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,5 °C

Transport
14 Fevral  2019 2203

1-martdan boshlab poezdlar chiptasi 20 foizga oshadi

2019-yilning 1-martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshadi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Narxlarni oshirilishi sarflanayotgan elektr energiyasi, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha xarajatlarni qoplash va poezdda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga munosib ish haqi to‘lash, shu bilan birga, poezd yo‘nalishlari sonini ko‘payishiga hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta’minlanishiga zamin yaratadi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy yilning 1-martidan boshlab mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflari ham  20% ga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech