17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Bilasizmi?
4 Sentyabr  2019 366

Biologlar mutlaqo imkonsiz, degan hodisa yuz berdi

Temza daryosi qirg‘oqlarida yana tyulenlar ko‘paya boshladi.

Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. O‘tgan yili Temza daryosi etaklarida 183 ta tyulen bolasi dunyoga kelgan. Mazkur hodisa biologlarni juda hayratda qoldirdi, chunki yetmish yil davomida bu joylar «biologik o‘lik», deb hisoblangan. So‘nggi yillardagi ma'lumotlarga ko‘ra, oddiy va uzuntumshuq tyulenlar populyasiyasi o‘sib bormoqda. Ammo mutaxassislar bunday ko‘payish tabiiy yo‘l bilanmi yoki migratsiya tufayli ekanini hozircha aniqlashgani yo‘q.

Hozir olimlar umidli kayfiyatda va buni: «Tyulen bolalarining bunchalik ko‘pligi daryoning ularga yetarlicha oziqa yetkazib berayotgani va faol ko‘payish uchun shart-sharoit qulay bo‘lganidan, deyishmoqda. Ya'ni bu 50-yillarda o‘lik, deb e'lon qilingan ekotizim «tuzalganidan» dalolat», deya izohlamoqda.

 

Dailmail.co.uk rasmi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech