23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,4 °C

Mamlakatimizda
4 Fevral  2019 1462

Bir qаtor ma’lumotlarni e’lon qilish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi

Ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori (VMQ-77, 01.02.2019 y.) qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, quyidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar bekor qilindi:

  • foydali qazilmalarning zaxira va resurslari, ularning qazib olish va sotish hajmlari, mablag‘larning taqsimlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning 2013-yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;
  • 2017-yil 1-yanvar holatigacha davlat oltin valyuta-zaxiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi;
  • davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, so‘ndirish muddatlari, shuningdek, qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirilishi va qaytarilishi bo‘yicha ma’lumotlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech