10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,2 °C

Salomatlik
12 May  2020 1344

Bir kunda 107 inson hayotga qaytdi

Bugun yurtimizda, jami sogʻayganlar soni 2 000 nafarga yaqinlashdi.

Bugun Toshkentda 41 nafar, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 nafardan — 2 nafar, jami 43 nafar bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Poytaxtimizda tuzalgan bemorlardan 33 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda boʻlsa, eng yoshi 2019-yilda tugʻilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 616 nafar bemor sogʻayib chiqqan.

Sirdaryoda tuzalgan 40 yoshli erkak. Sirdaryoda shu paytga qadar 14 nafar bemor tuzaldi.

Surxondaryoda tuzalgan 35 yoshli ayol kishi. Surxondaryoda shu paytga qadar sogʻayganlar 36 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugunning oʻzida 107 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 1 988 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2 482 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, jami 484 nafar bemor davolanmoqda, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech