14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Salomatlik
31 May  2020 434

Bir kunda 55 nafar bemor sogʻaydi

Toshkent shahrida bir yoʻla 44 nafar bemor tuzaldi, ular orasida 78 yoshli onaxon va 2019-yil tugʻilgan chaqaloq ham bor.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston va Samarqandda 11 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar 2 783 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida bir yoʻla 37 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 7 nafar, jami 44 nafar bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 26 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 78 yoshli onaxon boʻlsa, yoshi kichigi esa 2019-yil tugʻilgan chaqaloq, ular orasidan 1 nafari Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda, ular orasidan 1 nafari Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 1 063 nafar bemor sogʻaygan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar, Samarqandda 9 nafar, jami 11 bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Qoraqalpogʻistonda tuzalganlarning 2 nafari ham erkak kishi. Qoraqalpogʻistonda shifo topganlar 129 nafarga yetib, davolanayotganlar 6 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu hudud koronavirusdan xoli boʻlishga juda yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda.

Samarqandda sogʻayganlar soni endilikda 274 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab jami sogʻayganlar 2 783 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech