06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Salomatlik
4 Iyun  2020 407

Bir kunda 73 nafar bemor sogʻaydi

Qoraqalpogʻistonda 4 nafar, Toshkentda 64 nafar, Samarqandda 5 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar 3087 nafarga yetdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzalganlarning barchasi erkak boʻlib, yoshi kattasi 43 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda.

Endilikda Qoraqalpogʻistonda sogʻayganlar soni 133 nafarga yetib, ushbu hudud koronavirusdan xoli boʻlishga juda yaqin turibdi.

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida ham 23 nafar hamda 3-sonli tugʻruq majmuasidan 4 nafar, jami 64 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafar erkak, 3 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 23 yoshda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 14 nafari erkak, 9 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 6 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 11 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 3 yoshda.

3-sonli tugʻruq majmuasida shifo topgan 4 nafar ayollarimizning yoshi kattasi 38 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1 234 nafar tashkil qiladi.

Samarqandda 5 nafar bemor tuzalib, yurtimizda bugun kun davomida sogʻayganlar soni 73 nafarga yetdi

Samarqandda tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 42 yoshda, yoshi kichigi 15 yoshda.

Samarqandda hozirda sogʻayganlar 314 nafarga yetib, davolanayotganlar 48 nafar boʻlib turibdi.

Shunday qilib, bugun 73 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 3 087 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech