27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Kеyingi avlod
12 May  2020 625

“Birdamlik” muhtojlarga yordam beradi

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari muhtoj oilalarga yordam berish dasturini ishlab chiqdilar.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan “Birdamlik” loyihasi” COVID-19 Challenge 2020” tanlovida ishtirok etib beshta gʻoliblardan biri deb topildi.

“Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining 4-kurs talabalari — Behzodxon Maxkamov, Azizbek Kobilov, Feruza Latipova, Shoxsanam Shirinkulova, Dilorom Aliyeva, Bohodir Urinboyev, Muzaffar Choriyev, Oybek Amonov va Sardor Allaberganovlar yordamga muhtoj boʻlgan oilalar uchun dastur ishlab chiqdilar. Birdamlik.uz va Telegram bot https://t.me/birdamlikuz_botloyihalari birlashtirilgan.

Mamlakatimiz epidemiyaga duch kelgani sababli, biz barchamiz xalq uchun qandaydir yoʻl bilan foydali ish qilishni rejalashtirdik. Koʻngillilar guruhlaridan birida ayni vaqtda Tunisda istiqomat qiluvchi Toshkentda koʻngillilar faoliyatini tashkil etishga yordam bergan Nigora Isomiddinova bilan tanishdik. Ular muhtojli oilalarga yordam berishni istaganlar oʻrtasida muloqot qilish uchun loyiha ishlab chiqishni taklif qildilar. Birdamlik.uz saytini yaratish gʻoyasi shunday paydo boʻldi”, dedi ishlab chiquvchilardan biri Feruza Latipova.

Birdamlik — bu yordamga muhtoj boʻlganlar va ularga yordam koʻrsatishni istagan koʻngillilar uchun yaratilgan loyiha. Loyiha juda oddiy ishlaydi: foydalanuvchi saytga yoki Telegram bot iga ulanadi va yordamga muhtoj odam yoki koʻngilli sifatida soʻrovnomani toʻldiradi. Soʻrovnomada siz familiya va ismingizni, aloqa telefon raqamini va yashash manzilingizni koʻrsatishingiz kerak. Koʻngillilarning ishini soddalashtirish uchun yordamga muhtoj kishi ijtimoiy guruhlardan birini tanlashi mumkin, unga quyidagilar kiradi: “Yolgʻiz pensionerlar”, “Nogironlar”, “Yolgʻiz onalar” va boshqalar. Shuningdek, soʻrovnomada siz yordam turini tanlashingiz mumkin: “Oziq-ovqat mahsulotlari”, “Dori- darmonlar” yoki A punktidan B punktiga “Yetkazib berish”. Soʻng, ariza ixtiyoriy shaxsga uzatiladi va kerakli narsalar yetkazib beriladi. Soʻrovnoma maksimal darajada soddalashtirilgan va uni yordamga muhtoj odam yoki gadjet yoki Internet boʻlmagan taqdirda toʻldirishi mumkin — uchinchi tomon — qoʻshnisi, tanishi, qarindoshi orqali ham.

“Bir hafta ichida bizning jamoamiz ushbu loyihani yaratdi. Barcha ishlar masofadan turib amalga oshirildi. Men Toshkentda edim, Aziz Andijondan, Feruza Navoiyda, Shohsanam Jizzaxda. Boshqa yigitlar ham Oʻzbekistonning turli burchaklarida edilar. Nigora Isomiddinova Tunisdan bizga maslahatlar berdilar. Masofa bizning loyihamizni amalga oshirishga xalaqit bermadi, natijada biz COVID-19 Challenge-2020ga ariza berishga qaror qildik”, — dedi Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi Behzodxon Maxkamov.

Taʼkidlash joizki, “Birdamlik” loyihasi inqirozga qarshi tanlovda “Muhtoj aholiga yordam berish” nominatsiyasida gʻolib chiqdi va rivojlanish uchun mablagʻ oladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga koʻra, pandemiya bunday loyihalarni yaratishga turtki boʻldi.

Pandemiya tugagan holda ham, bu loyiha oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi. Chunki har doim yordamga muhtoj odamlar boʻlib ularga yordam berishni xohlaydigan koʻngillilar bor. Loyihamiz karantin paytida yaratilgan markaz. Kelgusida biz turli koʻngillilar guruhlari, shuningdek yoshlar ittifoqi, ehtimol mahalla qoʻmitalari va boshqa ijtimoiy yoʻnaltirilgan boʻlimlar bilan ishlash niyatidamiz”, — dedi loyiha muallifi, talaba Azizbek Qobilov.

Eslatib oʻtamiz, COVID-19 Challenge-2020 tanlovida eng zoʻr “Beshtalik” roʻyxatida Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalarining “Birdamlik” va “Aqlli niqob” loyihalari qatnashib, final bosqichda gʻolib deb topilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech