03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Voqea-hodisalar
4 Aprel  2020 694

Birinchi bo‘lib Fukusima aholisi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining mash’alasi aprel oyining oxiriga qadar Fukusima prefekturasining milliy futbol mashq markazida o‘rnatilishi ma'lum qilindi.

2011-yilda okeanning vayrona sunamisidan hammadan ko‘proq zarar ko‘rgan mintaqa aholisi Olimpiya o‘yinlari mash'alasini har kuni ertalab soat 9 dan 16 gacha kelib ko‘rishlari mumkin. Hozir koronavirus pandemiyasi avj olganiga qaramasdan bu yerda ko‘riladigan ehtiyot choralari tufayli hyech kim xavfga duchor bo‘lmasligi kafolatlanishi aytilmoqda.

Olimpiya mash'alasini qarshi olgan Fukusima prefekturasining gubernatori Masao Utibori va «Tokio-2020» Tashkiliy qo‘mitasi direktori Yukixiko Nunomura hozirgi murakkab sharoitda Olimpiya mash’alasi butun jahonning umidi ramziga aylangani ta’kidlashmoqda.

Olimpiya mash’alasining Yaponiya bo‘ylab olib o‘tilishi bevosita Fukusimadan boshlanishi kerak edi. Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari 2011-yilda sunami va zilzilaning asosiy zarbasiga uchragan bu mintaqa tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilganligining ramziga aylanishiga umid qilgan edilar. Olimpiya o‘yinlari 2021-yilga qoldirilganligi uchun Olimpiya mash’alasining estafetasi ham kechiktirildi. Ammo Olimpiya mash’alasi Yaponiyada saqlab turiladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech