17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,7 °C

Mamlakatimizda
19 Oktyabr  2019 825

Birinchi xalqaro zamonaviy ta'lim usullari festivali O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 26-oktabr kuni Yoshlar ijod saroyida STEAM Fest festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Festivalda STEAM (Science - fan, Technology - texnologiya, Engineering - muhandislik, Art - san'at, Math - matematika) sohalarida ta'limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakat tajribalari namoyish etiladi.

Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlar orasida tabiiy fanlarni keng targ‘ib qilish hamda STEAM ta'limi sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganishni ta'minlashdir.

STEAM Fest festivalida Toshkent shahridagi eng yaxshi nodavlat ta'lim muassasalari, zamonaviy o‘quv dastur mualliflari hamda STEAM ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha fikr bildiruvchi xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi.

Festival ishtirokchilari orasida GIGO (Rossiya), Robolab (Belarus), Lego Edu (Qozog‘iston), Krutaya Nauka (Ukraina) kabi xorijiy kompaniya vakillari ham bor.

Birinchi xalqaro zamonaviy ta'lim usullari festivali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ko‘magida Nodavlat ta'lim muassasalari assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech